Bular kar va zaif eshituvchi haydovchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan haydovchi ilovasidagi funksiyalardir. Ularni faollashtirish uchun Yandex Pro yordam xizmatiga yozing
Yangi buyurtma paydo boʻlsa, ekran miltillaydi, telefon esa vibratsiya qiladi
Yordam xizmati va yoʻlovchi haydovchida eshitishda muammolar bor va telefon qilmasligi haqida biladi
Yordam xizmati va yoʻlovchi siz bilan chatda faqat matn orqali muloqot qiladi
Hamkorlarning taksparklarida haydovchi bilan muloqot qilishga yordam beruvchi «Kar yoki zaif eshituvchi haydovchi» yozuvli boshtiragichlar va yoʻlovchi uchun maxsus kartochkalarni olish mumkin
Ha, kar va zaif eshituvchi haydovchilar bunday buyurtmalarni bajarishi mumkin. Boshlash uchun quyidagilar talab qilinadi:
Haydovchi haqidagi axborot safar boshlanishidan oldin ilovada aks etadi, «Chaqiruv» tugmasi esa ishlamaydi — faqat «Haydovchi bilan chat» tugmasi chiqadi
Haydovchi ilovasida kar haydovchilar uchun ishlab chiqilgan maxsus imkoniyatlarni faollashtirish uchun Yandex Pro yordam xizmatiga yozing.
Keyin ilova sozlamalari yangilanadi:
Yordam xizmati kunu tun ishlaydi. Ilova orqali istalgan payt yordam soʻrab murojaat qilish mumkin. Agar sizda Yandex Pro maxsus imkoniyatlari yoqilgan boʻlsa, yordam xizmati sizga telefon qilmaydi — mutaxassis ilovada chat orqali yozadi.
Aksariyat shaharlarda xizmatning hamkor taksoparklari mavjud. Hamkorlikda birga ishlash qoidalariga toʻliq mos keluvchi taksoparklarga maxsus sertifikat beriladi. Shahringizdagi bunday taksoparklarni sertifikatlangan hamkorlar roʻyxatida topish mumkin.
Ilova ancha oson, uni hamma uchun qulay va tushunarli qilishga harakat qilyapmiz. Birinchi buyurtma tushganda Yandex Pro ekrani miltillaydi, smartfon esa vibratsiya qiladi. Yoʻlovchilar oʻz ilovasi orqali sizga telefon qilolmaydi – faqat chatda yozish mumkin. Avtomobilni toʻliq toʻxtatgach, chatga qarang.
Yoʻlovchilar eshitishda muammosi bor haydovchi buyurtma boʻyicha kelgani haqida xabar oladi. Agar savollaringiz boʻlsa, javoblarni driver.yandex saytidan qidirish yoki yordam xizmatiga yozish mumkin – yordam berishga harakat qilamiz. Yandex Pro ilovasi haqida batafsil havola orqali tanishish mumkin.
Smartfonga Yandex Pro ilovasini yuklab oling (Android uchun, iOS uchun). Bu ilova yordamida siz buyurtmalarni bajarasiz va xizmat yangiliklari bilan tanishasiz.
Roʻyxatdan oʻtgach, siz bilan hamkor taksopark vakili bogʻlanadi. Hujjatlarni rasmiylashtirib, buyurtmalarni bajarishga kirishish mumkin.
Mobil qurilmagan minimal talablar
Android:
iOS:
Haydovchining yakuniy daromadi hududga va bajarilgan buyurtmalar soniga bogʻliq. Haftasiga bir necha soat liniyaga chiqish va buyurtmalarni har kuni bajarish mumkin.
Batafsil Yandex Pro Bilimlar bazasidagi «Daromad nimaga bogʻliq» boʻlimida tanishing.
Buyurtmalarni qachon bajarishni oʻzingiz hal qilasiz. Buyurtmalarni faqat tigʻiz soatlarda olish yoki butun kunni liniyada oʻtkazish mumkin. Shuningdek, safarlarni har xil tariflarda amalga oshirish mumkin — buyurtmalar «Ekonom» tarifida eng koʻp boʻladi, oʻrtacha chek esa «Komfort», «Komfort+» va Ultima tariflarida yuqoriroq boʻladi. Ulardan foydalanish uchun testdan oʻtish kerak.
Agar shaxsiy avtomobilingiz boʻlmasa, ijaraga avtomobil olib, buyurtmalarni bajarish mumkin. Avtomobillarni sertifikatlangan hamkorlardan topish mumkin.
Siz buyurtmalarni bajarishni xohlagan tarifga bogʻliq. Biz mashinaning modeli, ishlab chiqarilgan yili va uning o‘rtacha bozor narxini inobatga olamiz. Safarlar uchun faqat kamida 4 eshikli avtomobillar mos keladi.
Aniqlik kiritish uchun mos keladigan modellar roʻyxatiga qarang.
Yandex Pro ilovasi bilan buyurtmalarni karta yoki naqd toʻlov orqali qabul qilish mumkin. Hisobdagi mablagʻlarni Yandex Pro ilovasida «Balans» boʻlimida kuzatib borishingiz mumkin. Sanani tanlang va oʻsha kuni bajarilgan barcha buyurtmalar roʻyxatini koʻrasiz. Marshrut va narxni bilish uchun kerakli safar ustiga bosing.
«Kar va zaif eshituvchi haydovchi» yozuvli boshtiragichlar agar yoʻlovchi ilovada bu axborotni koʻrmagan boʻlsa, unga uni eshitishda muammosi bor haydovchi tashishi haqida ishora qiladi.
Yoʻlovchi uchun kartochkalar bu — yoʻlovchi haydovchiga iltimos bilan murojaat qilishda asqatuvchi maxsus koʻrsatmalardir. Siz hamkorlik qilayotgan hamkor taksopark menejeriga murojaat qiling — u sizga boshtiragichlar va kartochkalarni taqdim etadi.
Yandex Go va boshqa axborot xizmatlari foydalanuvchilarining buyurtmalarini qayta ishlash uchun bepul ilova.